Messi keyingi mavsumda qaysi klubda davom ettirishi oydinlashdi

  • 10 iyul, 15:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami"ning 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistonining ba’zi klublari unga faol qiziqish bildirayotganiga qaramay, Amerika klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Lionel 2023 yilning yozidan buyon "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha "Barselona" va PSJ klublarida o‘ynagan. Messi "ko‘k-anorranglilar" safida 10 marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan, 7 marta mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan, shuningdek, 4 marta Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

PSJ bilan argentinalik futbolchi Frantsiya chempioni bo‘ldi. Messi Parij klubi futbolchisi sifatida jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!