Messi Kumanning qaroriga qarshi. Leo Depayning “Barsa”ga kelishini xohlamayapti

  • 2 oktabr, 2020, 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan buyon Kataloniyaga Niderlandiya terma jamoasidagi shogirdi Memfis Depayni olib kelishga harakat qilmoqda. Kuman “Lion” hujumchisiga joy ochish maqsadida Messining do‘sti Luis Suaresga javob berib yubordi va argentinalik hujumchi Lautaro Martines transferidan voz kechdi.

Lionel Messi esa, Depayning olib kelinishiga qarshi. U “Manchester Yunayted” taklifini rad etib, Kataloniyada qolishga qaror qilgan Usmon Dembelega imkoniyat berish tarafdori bo‘lmoqda.

“Barselona” rahbariyati bosh murabbiy talabiga ko‘ra, Depay bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan va Dembeleni sotish orqali keladigan mablag‘ni niderlandiyalik hujumchi transferiga yo‘naltirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!