
Messi meni qattiq hurmat qilardi
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman argentinalik Linoel Messi bilan o‘zaro munosabati haqida gapirdi.
Kuman “Barsa”ni boshqargan davrda Messi uning qo‘l ostida bir mavsum to‘p tepgan.
- Messini shug‘ullantirish aqlbovar qilmas holat bo‘lgan. U menga juda qattiq hurmat ko‘rsatardi.
Men ham unga qo‘limdan kelganicha yordam berardim. Jamoani men boshqargan davrda Messining natijalari juda yuqori bo‘lgan. U bir mavsumda 35 ta to‘p kiritgan edi, - dedi Ronald Kuman.
Messi moliyaviy feyr-pley tufayli kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolay olmadi va 2021 yili PSJga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar