Messi PSJda 3 yil ichida qancha daromad oladi?

  • 18.09.2021 14:16
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Lionel Messining klub bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi.

Xabaringiz bor, avgust oyida tomonlar shartnomani bir mavsumga uzaytirish bandi bilan ikki yillik bitimga imzo chekkandi.

"L’Équipe" xabariga ko‘ra, argentinalikning sof maoshi soliqlarni hisobga olmaganda yiliga 30 million evroni tashkil qiladi.

Shuningdek, 34 yoshli futbolchi Parijda 2022 va 2023 yillarda ham faoliyatini davom ettiradigan bo‘lsa, yiliga 10 million bonusga ega bo‘ladi.

Shunday qilib, Messining PSJ dagi uch yillik umumiy daromadi 110 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!