
Messi qaysi futboli "Oltin to‘p"ga loyiqligini aytdi
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" sardori Lionel Messi terma jamoadagi sherigi Lautaro Martines "Oltin to‘p"ni olishi kerak, deb hisoblaydi.
- Martines ajoyib mavsum o‘tkazdi. U Amerika kubogining eng yaxshi to‘purariga aylandi va finalda g‘alaba golini kiritdi. Lautaro "Oltin to‘p"ga boshqalardan ko‘ra ko‘proq loyiq, - deya Messining so‘zlarini keltirdi "La Gazzetta dello Sport".
Ma’lumot uchun, Martines "Inter" tarkibida Italiya chempionligida g‘alaba qozonib, A Seriyada mavsumning eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Fikrlar