Messi Superkubok finalida maydonga tushadi

"Barselona" bugun oqshomda Ispaniya Superkubogi finalida "Atletik" bilan bahs olib boradi.

Sevilyadagi "Olimpik" stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi maydonga tushadi. Oldinroq, "ko‘kanorranglilar" ustozi Ronald Kuman argentinalik forvard finaldagi ishtirogi bo‘yicha qarorni o‘zi qabul qilishi haqida ta’kidlab o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Barsa" sardori jarohat sabab "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!