Messi va Neymar bir sovrinni bo‘lishib oldi

  • 11 iyul, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar va Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi “Amerika kubogi-2021” musobaqasining eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.

Tecno

KONMEBOL rasmiy sayti ma’lum qilishicha, ekspertlar guruhi ikki futbolchidan qay biri ko‘proq porlaganini aniqlay olmagan va bir sovrinni ikki yulduzga berishga qaror qildi.

Lionel Messi musobaqada ettita uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol vardi va besh marotaba golli pas uzatdi. Uning boshchiligidagi jamoa Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Bu Messining terma jamoa bilan erishgan birinchi sovrini hisoblanadi.

Neymar esa oltita o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!