
Messi va Neymarsiz qo‘lidan hech narsa kelmaydi!
PSJ va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri parijliklarning xalqaro miqyosdagi natijalari uchun bosh murabbiy Luis Enrikeni qattiq tanqid qildi.
Ma’lumki, PSJ Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich beshinchi turida “Bavariya”ga yutqazib qo‘ygandi.
- Men Luis Enrikeni jamoaga majburan 4-4-2 sxemasini singdirayotganini, to‘rtta markaziy yarim himoyachi va oldingi chiziqda Bredli Barkola va Usmon Dembeleni o‘ynayotganini umuman tushunmayman. Bu g‘oya uning kallasiga qaerdan kelgan?
Bosh murabbiy jamoaga mas’ul, u o‘yinchi tanlaydi, ularda ishtiyoq uyhotadi. PSJda biror murabbiyda Luis Enrikechalik erkinlik bo‘lmagan.
Xuddi Lui van Gaal o‘z davrida o‘zini o‘ta aqlli sanaganidek, Luis Enrike ham o‘zi haqida shunday, deb o‘ylayapti. Aslida bunday emas.
Messi va Neymar kabi o‘yinchilarsiz bularning qo‘lidan hech narsa kelmaydi, - dedi Kristof Dyugarri.
Fikrlar