Messi va PSJ o‘rtasidagi muzokaralar nima sabab "muzlab qoldi"?
Lionel Messi va PSJ hali yangi shartnoma borasida haligacha kelishib olishmagan.
"Le Parisien" nashri xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi "Bavariya" bilan Chempionlar ligasi javob o‘yiniga qadar bir qarorga kelmaydi. Agarda Parij klubi turnirdan chiqib ketsa, Messi klubni tark etishi mumkin.
35 yoshli hujumchining maoshi sabab muzokaralar cho‘zilib ketmoqda. Messi soliqlardan tashqari yiliga 38 million evro oladi va uni kamaytirish niyatida emas.
Leo joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 19 uchrashuvda qatnashib, 11 gol urdi va 10 marotaba assistentlik qildi.



Fikrlar