
Messi va Ronaldu eng zo‘r ekaniga yana bir isbot!
2020 yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun The Best FIFA Football Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu qatorda, mavsumning ramziy terma jamoasi ham aniqlandi.
Ushbu terma jamoadan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu ketma-ket 14-yili o‘rin oldi. Har ikki futbolchi 2007 yildan buyon muntazam ravishda tarkibga kiritiladi.
Ma’lumot uchun, The Best sovriniga "Bavariya" a’zosi Robert Levandovski loyiq ko‘rildi.
Fikrlar