
Messi va Suares yangi jamoa tashkil qildi
Zamonaviy futbolning eng mashhur hujumchilaridan Lionel Messi va Luis Suares o‘zaro hamkorlikda shaxsiy futbol klubini tashkil qildi.
Bu yangilikni urugvaylik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
Ayni paytda “Inter Mayami”da o‘ynayotgan futbol yulduzlari klubga “Deportivo LSM” nomini berishdi. Jamoa nomidagi “LSM” qisqartmasi har ikki futbolchining ism-sharifi boshlanadigan xarflardan tashkil topgan.
Lionel Messi “Inter Mayami”da 2023 yilning yozidan beri o‘ynamoqda. Shu paytga qadar 57 ta uchrashuvda 45 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi.
Luis Suares jamoaga 2024 yilning yanvarida kelgan. Urugvaylik to‘purar hozirgacha 56 ta bellashuvda maydonga tushib, 30 ta gol va 20 ta assist qayd etgan.
Fikrlar