
Messi Xaviga etib oldi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kecha La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Ueska"ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi va dubl muallifiga aylandi.
ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu uchrashuv 33 yoshli argentinalik futbolchi uchun “Barsa” safidagi 767-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa Leo “ko‘k-anor ranglilar” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Xaviga tenglashib oldi. Messining keyingi o‘yini uni bu borada mutlaq rekordchiga aylantirishi mumkin.
Messi "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2004 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida o‘z hisobiga 659 ta gol va 262 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar