Messi yana 2 yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonmoqda

  • 22.12.2022 07:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pari Sen-Jermen" yulduzi Lionel Messi hali-beri Evropa top-chempionatlarini tark etmoqchi emas.

"Mundo Deportivo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Argentina milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida zafar quchgan futbolchi kamida yana ikki yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonmoqda.

O‘z navbatida, parijliklar rahbariyati ham o‘z etakchisini Frantsiyada olib qolish uchun unga yangilangan shartnoma taklif etishga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi hozirgi bitim iyun so‘ngida nihoyasiga etadi.

Turli manbalar Leoning Parijda qolishi ehtimoli 90 foizga teng deya taxmin qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!