Messi yana Ronalduni “sindirdi”!

  • 11 iyul, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi raqobat hamon davom etmoqda. Mirror Football XXI asrda eng ko‘p golli pas uzatgan futbolchilar reytingni e’lon qildi va unda g‘oliblik uchun odatdagidek Messi va Ronaldu asosiy da’vogar bo‘ldi.

Tecno

Qirq nafar futbolchi nomi qayd etilgan yangi reytingga ko‘ra, birinchi o‘rin argentinalik yulduzga nasib qildi. Messi yangi asrda 331 ta assist qayd etgan. Ronaldu jamoadoshlariga golli vaziyat yaratishda Leodan ancha ortda. Portugaliyalik to‘purar hisobida 273 ta golli uzatma bor.

Kuchli uchlikni 252 ta golga assistentlik qilgan yana bir argentinalik pleymeyker Anxel di Mariya yakunlagan.

Reytingning kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Lionel Messi — 331 assist

 

  1. Krishtianu Ronaldu — 273

 

  1. Anxel Di Mariya — 252

 

  1. Mesut O‘zil — 240

 

  1. Dushan Tadich — 236

 

  1. Neymar — 233

 

  1. Tomas Myuller — 232

 

  1. Luis Suares — 232

 

  1. Sesk Fabregas — 230

 

  1. Kevin De Bryuyne — 222

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!