Messi yanvar o‘rtalariga qadar maydonga qaytmaydi

  • 20 dekabr, 2022, 11:14
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lionel Messining yaqin orada maydonga qaytishi dargumon.

Tecno

35 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasiga mundialda uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritishda yordam berdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Le Parisienga ma’lum bo‘lishicha, "PSJ" bo‘lajak o‘yinlarda Messiga bosim yuklamoqchi emas va unga yanvar o‘rtalariga qadar dam berish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining etti uchrashuvida Lionel Messi ettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda u 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

28 dekabr kuni "PSJ" Frantsiya 1-ligasi doirasida "Strasburg"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!