
Messi yozda ketadi. Leoning keyingi va so‘nggi jamoasi nomi aniq bo‘ldi
“Inter Mayami”da o‘ynayotgan Lionel Messining AQSh klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi.
El Nacional nashrining yozishicha, argentinalik yulduz klubning hamkorlikni davom ettirish haqidagi taklifini qabul qilmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messi shartnomasi yakunlanishi bilan erkin agent sifatida Argentinaga qaytadigan bo‘lyapti. “Oltin to‘p”ning sakkiz karra sohibi faoliyatining yakuniy bosqichini o‘zi 1994-2000 yillar o‘ynagan “Nyuells Old Boyz” jamoasida o‘tkazmoqchi.
Ekspertlar Messining keyingi shartnomasi professional faoliyatidagi oxirgisi bo‘lishini ta’kidlashmoqda.
37 yoshli Lionel Messi futbolchi sifatida o‘zi ishtirok etgan barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan.
Fikrlar