
Messi zaxiradan tushib gol urgan o‘yinda "Inter Mayami" g‘alaba qozondi
MLS doirasidagi "Nyu-York Red Bullz" - "Inter Mayami" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Diego Gomes uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuv yakunlanishi arafasida zaxiradan o‘yinga tushgan Lionel Messi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Inter Mayami" MLS turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani tark etdi va 14-o‘ringa ko‘tarildi.
Fikrlar