Messidan keyin “Barsa”da bu ishni hech kim uddalay olmayapti

  • 7 sentabr, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi 2021 yilning yozida “Barselona” bilan xayrlashishga majbur bo‘lgandi. Kataloniyaliklar argentinalik yulduz timsolida kuchli qurolidan ayrildi.

Tecno

Statistika mutaxassislar qiziq holatga e’tibor qaratdi. Lionel messi ketganidan keyin “Barselona” futbolchilaridan birortasi jarima zarbasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gol ura olmay kelyapti.

Kataloniyalik o‘yinchilar so‘nggi ikki yil ichida raqib darvozasi tomon jarima nuqtasidan 41 marotaba zarba bergan. Biroq, gol urish hech kimga nasib qilmagan.

“Barselona” so‘nggi bor 2021 yilning may oyida jarima zarbasini golga aylantira olgan. O‘shanda hali klubdan ketishini bilmagan Lionel Messi aniq zarba bilan to‘pni “Valensiya” darvozasi to‘riga joylagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!