Messiga 400 million evrolik maosh taklif qilindi

  • 5 aprel, 2023, 02:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Lionel Messi yozda Frantsiyani tark etishi mumkin. Parijliklar u bilan shartnomani uzaytirishni istaydi. Hujumchi jamoaning keyingi mavsum uchun rejasini bilmoqchi, ya’ni, murabbiy o‘zgarishi, qanday transferlar qilinishi va boshqa ma’lumotlarni olishni xohlamoqda. Yangi bitimni qabul qilmagan Messiga Saudiya Arabistoni klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Al-Hilol" Lionelga yillik 400 million evrodan sal ko‘proq bo‘lgan maosh taklif qilmoqda. Messi esa hali Evropani tark etmoqchi emas. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Barsa" ham ushbu kurashda favoritga aylanib bormoqda. Klub ayni dam moliyaviy ahvolini yaxshilashga va qonuniy ravishda Messini ortga qaytarishga harakat qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!