
Messiga g‘amxo‘rlik qilish kerak
“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘zi bilan birga o‘ynagan Lionel Messining kataloniyaliklar uchun o‘ta muhim o‘yinchi ekanini ta’kidladi.
- “Barselona” Lionel Messiga alohida g‘amxo‘rlik qilish kerak. U boshqa futbolchilardan farq qiladi. Leoning bir o‘zi uchrashuv taqdirini hal qilish qobiliyatiga ega. Kedajakda Messidek futbolchi bo‘lmaydi, - deydi Ivan Rakitich.
Messi “Oltin to‘p”ni olti marotaba qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. U “Barselona” bilan birga 34 ta sovringa ega chiqqan.
Fikrlar