
Messiga men ustozlik qilaman!
PSJ Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritganiga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan xayrlashmoqchi.
Argentinalik murabbiyning ham Parij klubida ishlash niyati yo‘q. Kuni kecha tomonlar uchrashuv o‘tkazib, hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha bir qarorga kelgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJni Antonio Konte boshqarishi kutilmoqda. Bu mavsum “Tottenxem”da ishlayotgan italiyalik murabbiy PSJ xo‘jayinlariga jamoani qabul qilib olib, ikki yil ishlashga tayyorligini bildirgan.
PSJ ro‘yxatida asosiy nomzodlardan biri sifatida “Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan qayd etilgan.
O‘ninchi bor Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan PSJ xo‘jayinlari jamoa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishini talab qilmoqda. Zidan qisqa fursat ichida “Real”ni qi’aning eng nufuzli turnirida uch marotaba g‘olib chiqishini ta’minladi.
Fikrlar