"Messini hurmat qil!"
"Barselona" muxlislari jamoa sardori Leo Messi atrofidagi mojarolardan norozi bo‘lmoqda.
Klubning bir necha ishqibozlari mashg‘ulot bazasiga kelayotgan hujumchi Antuan Grizmanning mashinasi oldida to‘plangan va "Messini hurmat qil!", deya baqirgan. Bundan biroz muddat avval, frantsiyalik futbolchining sobiq agenti Erik Olats Messi haqida biroz salbiy fikr bildirgan edi: "Leo Antuanning jamoaga moslashishiga xalaqit berdi. U "Barselona"da ham imperator, ham monarx!"
Kecha Leo Argentinadan Kataloniyaga qaytib keldi. Aeroportda uni qarshi olgan jurnalistlar Olatsning gaplariga munosabat bildirishni so‘radi. Messi: "To‘g‘risi, "Barsa"ning barcha muammolariga sababchi bo‘lishdan charchadim", deya javob qaytardi.
Fikrlar