Messini muxlislar bosimidan asrashdi

  • 26.12.2022 11:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"PSJ" rahbarlari va jamoa hujumchisi Lionel Messi parijliklarning uy stadionida bo‘lib o‘tuvchi navbatdagi bahs oldidan JCh kubogini muxlislarga namoyish qilmaslikka kelishib oldi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Avvalroq, 35 yoshli argentinalik frantsiyalik muxlislar ko‘z o‘ngida bu ishni bajarmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Aytilishicha, u "PSJ" rahbariyatidan bunga ruxsat berishni so‘ragan, biroq klub mutasaddilari muxlislarning noto‘g‘ri reaktsiyasidan qo‘rqishgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda faoliyatida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi. Leo Qatardagi turnir davomida etti o‘yinda ettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, jumladan, Frantsiyaga qarshi kechgan finalda dublga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!