Messini sotib olishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxati e’lon qilindi
La Gazzetta dello Sport nashri "Barselona" forvardi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan klublar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra ro‘yxatdan APL va A Seriya klublari, shuningdek PSJ ham joy olgan. "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Yuventuse, "Inter" va PSJ shular jumlasidandir.
Ma’lumot uchun, Messining “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 140 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar