Messining 2026 yildagi maoshi oshkor bo‘ldi

  • 13.05.2026 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumda MLSning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Bu ma’lumot mlsplayers.org sayti tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

Argentinalik futbolchining 2026 yildgi mavsum uchun maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Son Hyun Min (“Los-Anjeles”) joy olgan bo‘lib, uning maoshi 11,1 million dollar.

Ro‘yxatning kuchli uchligini Rodrigo De Paul (“Inter Mayami”) yakunlab berdi, U joriy mavsum uchun 9,7 million dollar miqdorida maosh oladi.

Tomas Myullernig “Vankuver Uaytkeps”dagi bir mavsumlik maoshi taxminan 5,2 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Aleksey Miranchuk “Atlanta Yunayted”dan  qariyb 5,1 million dollar olyapti.

Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surmoqda. U ushbu klub bilan MLS muntazam chempionati va pley-offida g‘olib chiqqan, shuningdek, Ligalar kubogini qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchining Florida jamoasi bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!