
Messining nafsi “hakalak otibdi”
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messining yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralarda manfaatini himoya qilayotgan otasi Xorxe Parij klubiga asosiy talabni aytdi.
Le Parisien nashrining ta’kidlashicha, Xorxe Messi o‘g‘li jahon chempioni bo‘lganidan keyin unga shunga yarasha maosh to‘lash kerakligini uqtirmoqda.
Messi ikki yil oldinga kelishuvga ko‘ra, har mavsum 38 million evro atrofida mablag‘ olyapti. Otasi endi bu summa ularni qoniqtirmasligini va ko‘proq to‘lash kerakligini uqtirmoqda.
Messi oldida “Barselona”ga qaytish varianti ham bor. Biroq, kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli Xorxe so‘rayotgan maoshni ko‘tara olmaydi.
Agar Messilar oilasi birinchi o‘ringa pulni qo‘yadigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni klublaridan bo‘layotgan takliflarni qabul qilishi lozim. Arablar jahon chempionisha yiliga 300 million evrodan ko‘p maosh ajratmoqchi.
Fikrlar