Messining nomi o‘chmaydi

  • 23 dekabr, 2020, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi bir jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi. Ispaniya chempionatining 15-turida “Valyadolid” darvozasiga kiritilgan to‘p Messining “Barselona” uchun urgan 644-gol bo‘ldi.

Tecno

Avvalroq, argentinalik hujumchi Pelening 643 ta goldan iborat rekordini takrorlagan edi.

Leo bu natijaga erishish uchun Kataloniya klubida 16 yildan beri to‘p tepib kelyapti. Pele “Santos”da o‘ynagan paytda rekord uchun 17 yil umrini bag‘ishlagan.

Ta’kidlash joizki, aksariyat mutaxassislar bir jamoa uchun gol urish bo‘yicha bundan keyin hech qaysi futbolchi Messining rekordini yangilay olmasligini aytmoqda. Chunki zamonaviy futbolda bir jamoa uchun uzoq yillar to‘p suradigan futbolchi topish deyarli imkonsiz. Qolaversa, gol urish ham tobora qiyinlashib bormoqda.

Demak, Messining nomi futbol tarixida mangu qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!