Messining sadoqati qancha turadi?
"Barselona" forvardi Lionel Messi keyingi yil klubdan sadoqati uchun 33 mln evro bonus olishi kerak. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu bonus aslida 66 mln evroni tashkil etadi. Leo ushbu mablag‘ning yarmini, ya’ni 33 millionini 2020 yilning fevral oyida olgan.
Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar