Mesut Oʻzil: "Arda Gyuler — mening "Real"dagi vorisim"
"Arsenal" va "Real"ning sobiq futbolchisi Mesut Özil madridliklar safida o‘zining vorisi sifatida Arda Gyulerni ko‘rsatdi.
"Gyuler — mening Madriddagi vorisim. Menimcha, u mendan ham kattaroq natijalarga erishadi. Uning o‘yinini kuzatish menga yoqadi. Arda yanada kuchliroq futbolchiga aylanishi mumkin", — dedi Özil.
21 yoshli turkiyalik yarim himoyachi 2023 yil yozida “Real” safiga qo‘shilgan edi. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Gyulernig bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar