"Metallurg" klubi matbuot kotibi Superliga chempionligi uchun asosiy da’vogar - "Paxtakor" va unga raqobatchilar haqida

  • 28 fevral, 2020, 15:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kechadan O‘zbekiston Superligasi-2020 start oldi. Jamoalar chempionatga yurtimizda va imkoniyati borlar xorijda tayyorgarlik ko‘rishdi.

Tecno

Murabbiy va futbolchilarning fikrlarini yil bo‘yi o‘qib, kuzatib borishimiz mumkin. Ammo o‘sha jamoada faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarini siz deyarli tinglamagansiz. Shu bois biz yangi mavsum avvalidan matbuot kotiblarining fikrlarini bilish uchun ularga 3 ta savol bilan murojaat qildik.

1. Jamoaning tayyorgarlik jarayoni (qaerlarda yig‘inlar tashkil etilgani va o‘rtoqlik o‘yinlari) haqida

2. Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz?

3. Klub oldiga qanday vazifa qo‘yildi?

Komiljon Jumaev (“Metallurg”)

1. “Metallurg” futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida, “Kimyogar” stadionida boshladi. Dastlabki yig‘in 6 yanvardan 1 fevralga qadar davom etdi. Ushbu yig‘inda to‘rtta nazorat uchrashuvi o‘tkazildi: “Turon” (2:0), “So‘g‘diyona” (1:1), “Surxon” (3:1), “Buxoro” (1:4).

3-16 fevral kunlari esa “Metallurg” xorijda – Turkiyaning Antaliya shahrida ikkinchi yig‘inni o‘tkazdi. Bu erda ham to‘rtta nazorat o‘yinida maydonga chiqildi: “Dinamo” (Moskva, Rossiya – 0:1), “Karpati” (Lvov, Ukraina – 1:2), “Qaysar” (Qizilo‘rda, Qozog‘iston – 2:2), “Armavir” (Rossiya – 0:3).

Mamlakatimizga qaytib kelgach, “Metallurg” futbolchilari Superligaga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yana Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Kimyogar” stadionida davom ettirmoqda.

"Qo‘qon-1912" klubi matbuot kotibi: Yangi mavsumdan halol futbol va shunga yarashadigan muxlislik madaniyatini kutyapman

180230_680

2. Yangi mavsum anchagina qiziqarli o‘tishini kutyapman. Bu yil ham g‘oliblikka asosiy da’vogar – “Paxtakor”. Unga raqobat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jamoalar poytaxtning “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, Namanganning “Navbahor”, Termizning “Surxon”, Toshkent viloyatining AGMK jamoalari bo‘lishini taxmin qilish mumkin. “So‘g‘diyona” ham medallar uchun kurash olib borsa kerak. Ammo OChLdagi jamoalarimizning ishtirokini kuzatib, “Paxtakor”ning boshqa jamoalarimizdan bir bosh ustun ekanligiga amin bo‘ldim. Nazarimda kurash asosan kumush va bronza medallari uchun kechadi. Musobaqa jadvalining quyi qismida ham 4-5 jamoa o‘rtasida Superligadagi mavqeini saqlab qolish uchun raqobat jiddiy bo‘lishi ehtimoli yuqori.

“Paxtakor” klubi matbuot kotibi yangi mavsumdan nimalar kutayotgani haqida

 

3. “Metallurg” mamlakatimizning shimoliy hududida joylashgan mo‘’jazgina sanoat shahri – Bekobod sharafini himoya etadi. Shahar aholisi 100 ming nafarga etmaydi. Klubimiz oldidagi asosiy vazifa har bitta uchrashuvda mana shu sanoat shahrimizda istiqomat qilayotgan, qolaversa, uning atrofida yashayotgan muxlislarimizga quvonch ulashish. Har bitta o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida chiqish, chiroyli, hujumkor futbol namoyish etishdir. So‘nggi ikki mavsumda jamoa 5-o‘rinni egallab, muxlislar ishonchini oqladi, e’tiborini qozondi. Bu yilgi vazifa ham o‘zgarishsiz qoladi – ya’ni ishqibozlarimizga iloji boricha ko‘proq xursandchilik onlarini taqdim etish, uyda ham, safarda ham ijobiy natijalar bilan muxlislarimizni mamnun etishdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!