"Metallurg" nazorat bahsida "Lokomotiv"ni mag‘lubiyatga uchratdi

  • 09.09.2024 22:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

FIFA kunlari bilan yuzaga kelgan tanaffusni to‘ldirish maqsadida Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Toshkentda “Lokomotiv” bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda tomonlar ikkitadan to‘p kiritishdi. Dastavval maydon egalari avtogol va hisobni tenglashtiruvchi golni urishgan bo‘lishsa, birinchi taym o‘rtasida Zabixillo O‘rinboev “Metallurg”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Taym oxirida esa Abror Toshqo‘ziev g‘alabani mustahkamladi.

Ikkinchi taymda “Metallurg” bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o‘z ixtiyoridagi qolgan o‘yinchilarga imkoniyat berdi. O‘yinda esa hisob boshqa o‘zgarmadi.

Endi "Metallurg" e’tiborini Superliganing 18-turiga qaratadi. Bekobodliklar bu turni “Olimpik”ka qarshi o‘tkazadi. O‘yin 16 sentyabr sanasida "Do‘stlik" stadionida 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!