"Metallurg" Pro-liga autsayder jamoasini mag‘lub etdi

Nazorat uchrashuvi doirasidagi "Metallurg" - "Zomin" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda bekobodliklar ishonchli 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Superliga jamoasi safida gollarga Anvar G‘ofurov va Jasur Xolto‘raev mualliflik qildi. Jizzax klubiga bu bahsda gol urish nasib etmadi. 

Bu "Metallurg" uchun yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat o‘yini edi. Endi jamoa qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!