
"Metallurg" ustozi "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: Hakam halaqit berdi
Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "So‘g‘diyona" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- Biz har qanday raqibni hurmat qilamiz va ularga qarshi o‘yinga puxta hozirlik ko‘ramiz. So‘g‘diyona ham bundan mustasno emas. Mazkur uchrashuvga ham har tomonlama jiddiy tayyorlangandik. Yigitlarning o‘yinidan, harakatidan qoniqish hosil qildim. Ularga e’tirozim yo‘q. Bugungi natija o‘yinga mos bo‘lmadi. Adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi. Biz g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdik. Biroq omad raqibga kulib boqdi.
Bugun chiroyli o‘yin ko‘rsatishimizga o‘rtada uchrashuvni boshqarib borgan inson xalaqit berdi. Nafaqat "Metallurg"ga, "So‘g‘diyona" jamoasiga ham to‘p uchun kurashishga imkon bermadi. Bo‘lar bo‘lmasga, asossiz hushtaklari bilan o‘yinchilarning harakatini to‘xtatib qo‘yaverdi. Har ikkala jamoa o‘yinchilarini maydonda tirqiratib yubordi. Har ikkala jamoaning o‘z vazifasi bor.
"So‘g‘diyona" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa harakatda davom etamiz. Bugun boy berilgan imkoniyat, ochkolarni boshqa joydan, boshqa o‘yinlardan topishga urinamiz, - dedi Andrey Sergeevich.
Fikrlar