"Metallurg" yig‘inini Bekobodda boshladi. Yangi legionerlari ham qo‘shildi

  • 11 yanvar, 2024, 14:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilgari xabar berganimizdek, kecha “Metallurg” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun ilk yig‘inini Bekobod shahridagi qarorgohida boshladi.

Tecno

O‘tgan yilgi tarkibi asosini saqlab qolgan jamoa yig‘iniga yangi futbolchilar ham kelib qo‘shilishdi. Erta tongda Toshkentga Bolqon bo‘yidan bosh murabbiy Vesko Steshevich, uning yordamchisi Nenad Vukchevich, chernogoriyalik hujumchilar dueti – Marko Milichkovich hamda Boban Jorjevichlar uchib kelishdi. Shuningdek, “Metallurg” bilan shartnoma imzolagan Rahimjon Davronov, Davron Ergashev, Sirojiddin Qo‘zievlar ham yig‘inga qo‘shilishdi.

Kecha kunning ikkinchi yarmida jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlarini ado etgan futbolchilar, bugun ertalabdan tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Rejaga muvofiq “Metallurg” hafta oxirigacha Bekobodda shug‘ullanadi. Keyingi haftadan esa mashg‘ulotlar poytaxtda davom ettiriladi.

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!