“Metallurg”da “Yuventus” o‘yinchisi ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 14 fevral, 2020, 09:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan Bekobodning “Metallurg-vumen” jamoasi tarkibiga Kot d’ Ivuarlik o‘yinchi kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Uning ismi sharifi N’Dnege Periale Rozaxarin Kabrini. 1993 yilning 4 fevralida tavallud topgan. Ampluasi – yarim himoyachi.

O‘zbekistonga tashrifiga qadar Kot d’ Ivuarning “Yuventus de Yopugon” jamoasida to‘p surgan. Kot d’ Ivuarning etakchi jamoasiga 2013-2014 yilgi mavsumdan o‘tgan. Shu vaqt ichida to‘rt karra Kot d’ Ivuar chempioni, bir marta vitse-chempioni bo‘lgan. Federatsiya kubogi, mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan. Shu o‘rinda Kot d’ Ivuar ayollar chempionatida 14 ta jamoa ishtirok etishini aytib o‘tmoqchimiz.

Yoshligidan Kot d’ Ivuar terma jamoalari murabbiylari e’tiborida. U-20 Jahon chempionati saralash bosqichida (2013-2014), Kanadada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati saralash raundida (2013-2014) Kot d’ Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2018 yili G‘arbiy Afrika futbol federatsiyalari kubogi musobaqasida qatnashish uchun milliy terma jamoaga jalb etilgan.

N’Dnege “Metallurg-vumen” murabbiylariga ma’qul kelsa u bilan shartnoma imzolanadi. Bunaqasi o‘zbek futboli tarixida birinchi marta sodir bo‘ladi. Voqealar rivojini bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!