
"Metallurg"ning 2 futbolchisi terma jamoada
Osiyo chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 18 iyuldan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Bu galgi yig‘in poytaxtimizda, 2 avgust kuniga qadar davom etadi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 3 – 13 avgust kunlari Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan “CAFA-2022” xalqaro musobaqasida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga jo‘nab ketadi.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga chaqiruv olgan nomzodlar orasida Bekobodning “Metallurg” jamoasidan ham ikki o‘yinchi bor. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mazkur yig‘inga “Metallurg”dan yarim himoyachi Shahzodjon Ne’matjonov hamda darvozabon Humoyunshoh Sayyotovni jalb etgan.
Fikrlar