
Meyvezer yoki Pakyao? Umidli bokschimiz Mujibillo Tursunovdan tanlov
"Jang" loyihasining navbatdagi "qahramon"lari Floyd Meyvezer hamda Menni Pakyao ekanligidan xabaringiz bor. Bu bokschilar orasidagi dastlabki tanlovini Iqboljon Xoldorov amalga oshirgandi. Bu safargi mehmonimiz esa, Mujibullo Tursunov bo‘ldi.
- "Bir so‘z bilan aytganda har ikkisi juda kuchli bokschilar sanaladi. Menni Pakyaoga hurmatni saqlagan holda, aytishim mumkin-ki, Meyvezer undan kuchliroq. Uning jang olib borish uslubi, texnikasi zo‘r.IQ borasida ham ustun. Biror marta mag‘lub bo‘lmaganligi ham uning darajasini belgilab beradi.Mening tanlovim Floyd Meyvezer!", - dedi Mujibillo Tursunov.
Fikrlar