Mihail Mudrikning doping ishi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

  • 10.08.2026 12:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukrainalik jurnalist Igor Burbas «Chelsi» va Ukraina terma jamoasi vingeri Mixail Mudrik bilan bog‘liq doping mojarosi yuzasidan yangi ma’lumotlar ochiqlandi. Jurnalist aytishicha, futbolchi tomonidan jalb qilingan vakillarda Mudrik tanasida topilgan taqiqlangan modda Ukraina terma jamoasining 2024 yil oktyabr oyidagi yig‘inlari paytida tushganini tasdiqlovchi dalillar bor. Shu bilan birga, Mudrik jamoasi bu holatning aniq tafsilotlarini oshkor etish niyatida emas.

 

«Mudrik vakillari menga shunday ma’lumot berishdi: ularda bu modda futbolchi organizmiga aynan 2024 yil oktyabrda Ukraina terma jamoasi yig‘ini vaqtida tushganini isbotlaydigan barcha zarur dalillar mavjud. Biroq ular shuni alohida ta’kidlashdi – bu qanday yo‘l bilan sodir bo‘lgani haqida hech qachon ochiq gapirmaydilar. Bu – ularning printsipial pozitsiyasi», — deb ta’kidladi Burbas o‘z podkastida.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabrida Mudrikning doping namunasidan meldoniy aniqlandi edi. Shundan so‘ng futbolchi diskvalifikatsiya qilingan, ammo keyinchalik unga nisbatan qo‘llangan jazo bekor qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!