
"Milan" 21 yoshli jazoirlik futbolchini 16 million evroga sotib oladi
“Empoli” klubi xavbeki Ismoil Bennosir tez orada "Milan" futbolchisiga aylanadi. Bu haqla italiyalik jurnalist Janluki di Martsio xabar bermoqda.
“Rossonerilar” 21 yoshli jazoirlik futbolchi uchun 16 mln evro to‘lashadi. Bundan tashqari “Empoli” kelajakda yana qo‘shimcha 1 mln evro bonusga ega bo‘lishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Bennosir o‘tgan mavsum “Empoli” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3 ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar