
"Milan" Andre Silvani sotmaydi
"Milan" klubi hujumchisi Andre Silva mavsumlar oralig‘ida boshqa jamoaga ketmaydi.
Corriere Della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli portugaliyalik futbolchiga yangi mavsumda imkoniyat berishmoqchi va uni tarkibda olib qolishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, u o‘tgan mavsumni “Sevilya” safida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Ma’lumot uchun, Silva ortda qolgan mavsum andalusiyaliklar tarkibida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol urishga erishdi.
Fikrlar