
"Milan" "Borussiya" futbolchisini sotib olmoqchi
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim ximoyachisi Florian Noyxausga "Milan" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
"Rossonerilar"ning vakillari 22 yoshli futbolchining agenti Kristian Nerlinger bilan uchrashib, 2020 yilning yozida futbolchining transferini amalga oshirish borasida kelishib olishgan.
Tomonlar sentyabr oyida yana bir bor ko‘rishib, shartnoma bandlari borasida muzokaralar o‘tkazishadi.
Germaniyalik futbolchining "Borussiya M" klubi bilan 2021 yilning yoziga qadar bitimi bor.
Ma’lumot uchun, futbolchiga "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirgan.
Fikrlar