
"Milan" bu hafta ikkita transferni e’lon qiladi
"Milan" birdaniga ikki futbolchining transferini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "rossonerilar" erkin agent maqomidagi hujumchi Mario Manjukich va "Chelsi" himoyachisi Fikayo Tomorini o‘z safiga qo‘shib oladi.
Milanliklar xorvat bilan iyungacha shartnoma imzolaydi. Tomorini esa sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Fikrlar