"Milan" Donnarummani 50 mln evroga baholamoqda

  • 27.06.2019 09:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi rahbariyati darvozabon Janluiji Donnarummaning transferi borasida “Milan” klubi bilan muzokaralarni boshladi.

Xabarlarga qaraganda “rossonerilar” 20 yoshli posbonga 50 million evro narx belgilashmoqda. Parijliklar esa ushbu transferga o‘zining 26 yoshli frantsiyalik darvozaboni Alfons Areolyani qo‘shishni rejalashtirishgan.

Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunlariga ko‘ra “Milan”dan iste’foga chiqarilgan sport direktori Leonardo ayni damda PSJda xuddi shu lavozimda faoliyat olib bormoqda. Donnarummaning transferi masalasini ham aynan u ijobiy hal qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!