"Milan" etakchilaridan biri PSJga o‘tadi

  • 12 iyun, 2020, 14:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi chap qanot himoyachisi Teo Ernandes katta ehtimol bilan faoliyatini PSJda davom ettiradi. Bu haqda Onda Cero nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, parijliklar 22 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan. Ernandes PSJ safida tez orada jamoani tark etadigan Layvin Kurzava o‘rnini egallaydi.

Teo Ernandes joriy mavsum “Milan” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 32 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!