
"Milan" Fabregasga qiziqayotgani haqidagi xabarni tasdiqladi
Avval xabar berilganidek "Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
“Rossonerilar” sport direktori Leonardo milanliklarning 31 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarni tasdiqladi.
“Biz Fabregasning transferi masalasini o‘rganib chiqyapmiz. Uning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqyapmiz”, - deydi Leonardo.
Eslatib o‘tamiz, Fabregasning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar