
"Milan" Fekirga qiziqib qoldi
"Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Frantsiya terma jamoasi a’zosiga “Milan” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Rossonerilar” uning transferi borasida “Lion”ga rasmiy taklif ham yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, Fekir “Milan”ga 35-40 mln evroga tushishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fekir jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar