
"Milan" forvardi "Valensiya"ga o‘tishi mumkin
"Milan" xujumchisi Andre Silva faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
23 yoshli futbolchi "Atletiko"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan Rodrigoning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Avvalroq, portugaliyalik futbolchi "Monako"ga o‘tishga yaqin kelgan edi. Yakunda "Mialn" futbolchini sotmagan edi.
So‘nggi mavsumda, Silva "Sevilya" jamoasida ijarada o‘ynadi va La Liganing 27 uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urdi.
Fikrlar