
"Milan" futbolchisi APLga yo‘l olishi mumkin
"Milan" klubi himoyachisi Rikardo Rodriges "Everton"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda “irischilar” shveytsariyalik futbolchini jamoa faxriylaridan biriga aylangan va yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Leyton Beynsga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Bu borada “Everton”ga “Shalke” va "Borussiya" Dortmund klublari raqobat qilishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, Rodriges bu mavsum "Milan"dagi o‘rnini Teo Ernandesga boy berib qo‘ydi va asosan zaxirada qolib ketmoqda. Uning transferi 13 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar