"Milan" futbolchisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi

  • 26 aprel, 2019, 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi himoyachisi Davide Kalabriya "Latsio"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya kubogi yarim final javob bahsida jarohat oldi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha 22 yoshli italiyalik futbolchining jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi. Uning sog‘ayishi uchun taxminan 2 oy muddat talab etiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Kalabriya bu mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi.

Ma’lumot uchun, Kalabriya joriy mavsum “Milan” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!