
"Milan" himoyachisi bahorgacha maydonga tusha olmaydi
"Milan" himoyachisi Leo Duarte chap oyog‘i tovon suyaklari sinishi tashhisi bilan operatsiya qilindi va u muvaffaqqiyatli amalga oshirildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, futbolchini o‘zini to‘laqonli tiklanib olishi uchun uch-to‘rt oy talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli braziliyalik "Milan" safiga o‘tgan yozda "Flamengo"dan 10 million evroga kelib qo‘shilgan va joriy mavsumda A Seriyada 5 o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar